Shimkentda 13 yoshli bolakay tabibda davolanish tufayli olamdan o'tdi…

0

 

Shu yil 12 avgust kuni Shimkentning 18- mikrorayoni №13- uyda yashovchi, qo'lini sindirib olishi oqibatida mahalliy tabibga kelib davolanayotgan 13 yoshli bolakay (ismi-sharifi ma'lum qilinmagan) ning ahvoli kutilmaganda og'irlashib qoldi. O'shanda kech soat 22: 00 edi. Yaqinlari zudlik bilan «Tez yordam»ga xabar berishdi. Afsuski, bolakay vrachlar yetib kelmasidan oldin qazo qildi.

Shunday qilib, tabibning davolashlari bolaga nafaqat shifo bo'lmadi, balki uning umriga ham zomin bo'ldi. Hozirgi paytda fojia yuz bergan joyda huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari ish olib bormoqda.

Darvoqe, bolani tabibga ota-onasi olib kelgan ekan.

 

 

loading...