Venesuela Prezidenti Trampning farmonidan norozi

0

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro BMT bosh kotibi Antonio Guterrishdan AQShning Venesuelaga nisbatan tahdidlariga qarshi chiqishini so'radi.

Yig'ilishda maktubni ta'sis kengashi spikeri Diosdado Kabelo o'qib eshittirdi. VTV xabariga ko'ra, maktubga jamoatchilik vakillari ham imzo chekkan.

“Biz BMTdan AQSh tahdidini to'xtatib, Venesuela xalqini himoya qilishini so'raymiz”, deyiladi maktubda.

Eslatib o'tamiz, AQSh Prezidenti Donald Tramp 5 avgustda Venesuela aktivlarini harakatdan to'xtatish bo'yicha farmonni imzolagandi.

UzA.uz

loading...