Xabarovsk o'lkasida ayiq qabrdan odam jasadini olib qochib ketdi

0

Xabarovsk o'lkasida Komsomolsk-Amur shahrida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organ xodimlari tekshiruv o'tkazmoqda.

Politsiya navbatchilik qismiga shaharning Start mikro hududida joylashgan qabristonda qabr ochilgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor tergov guruh, kinolog va ovchi chiqqan. U yerda ayiq izlari topishgan. Hozircha murda topilmagan.

Politsiya xodimlari tekshiruv o'tkazmoqda, natijalari bo'yicha tegishli protsessual qaror qabul qilinadi.

sputniknews-uz.com

loading...