AGMK futzal bo'yicha Osiyo chempionatining yarim finalida Eron chempioniga qarshi to'qnash keldi

0

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining yarim finalida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan AGMK Eron chempioni «Mes Sungun» klubiga qarshi to'qnash keldi. Afsuski, bahsda olmaliqlar raqiblarida 3:7 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Endi AGMK musobaqaning uchinchi o'rini uchun Vyetnamning «Tay Son Nam» klubiga qarshi to'qnash kelishadi. Mazkur bahs 17 avgustga belgilangan. Aytish joizki, ushbu klublar guruh bosqichida ham o'zaro uchrashgan va o'shanda Vyetnam jamoasi 4:1 hisobida zafar quchgandi.

Musobaqaning finalida esa «Mes Sungun» Yaponiyaning «Nagoya Oushens» klubi bilan musobaqa g'olibligi uchun qarshi bahs olib boradi.

AGMK (O'zbekiston) – «Mes Sungun» (Eron) 3:7

Gollar: A.Usmonov 18, D.Choriyev 19, D.Rahmatov 32 – A.Asqari Konan 9, 31, F.Fahim 12, M.Shajari 14, M.Javid 16, 36, 36

AGMK — Darvozabon: 1.Rustam Umarov (sardor)

Futzalchilar: 4.Ixtiyor Ropiyev, 5.Ilhomjon Hamroyev, 6.Husniddin Nishonov, 7.Dilshod Rahmatov.

Zaxira: 2.Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon), 3.Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron Choriyev, 9.Alan Aminov, 11.Temur Berdiyev, 13.Islombek Biyto'rayev.

Bosh murabbiy: Aleksandr Petrov

«Mes Sungun»: 1.Said Momeni, 2.Aoirizo Samimi (ikkisi darvozabon), 3.Muhammad Hojizoda, 4.Uesli Machado, 5.Muhammad Shajari, 6.Alirizo Vafoi, 7.Farhod Fahim, 8.Salar Agapur, 10.Babak Nasiri, 11.Abulqosim Orouji, 12.Alirizo Asqari Konan, 13.Shahab Shahnazian, 14.Mahdi Javid.

Bosh murabbiy: Ismoil Tagipur

Ogohlantirish: H.Nishonov 14

Chetlatish: H.Nishonov 16

loading...