Saudiya Arabistonida birinchi marta mahkumlarning haj qilishiga ruxsat berildi

0

Saudiya Arabistonida jinoyatlari uchun jazo muddatini o'tayotgan mahkumlarning haj amalini ado etishiga ilk bor ruxsat berildi.

Ellik nafar mahkumdan iborat guruh boshqa ziyoratchilar singari ehromga kirib, haj ibodatini amalga oshirdi. Bu paytda ularga nazoratchilar emas, qaridoshlari hamrohlik qildi. Ziyorat tamomlangach, mahkumlarning bari turmaga qaytarilgan.

Jazoni ijro etish muassasalari bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, ushbu tajribadan ko'zda tutilgan maqsad jazo muddatlari tugashidan avval mahkumlarning kundalik hayotga qo'shilishlarini va moslashishlarini ta'minlashdir. Bunday tajribani kelgusi haj mavsumida ham qo'llash rejalashtirilgan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati