200dan ortiq yo'lovchining hayotini saqlab qolgan uchuvchilar stadionda olqishlar bilan kutib olindi (+video va foto)

0

Bir necha kun oldin, Moskva shahridan Simferopolga parvoz qilish uchun havoga ko'tarilgan A321 samoletida nosozlik kelib chiqqani tufayli makkajo'xori dalasiga favqulodda qo'ndirilgandi.

Bunga samolet dvigateliga qushlarning tiqilib qolgani sabab bo'lgan. Ushbu holatda o'zini yo'qotmay, to'g'ri yo'lni tutgan uchuvchilari va bort ishchilari davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Bugun, Rossiya chempionatining 6-turidan o'rin olgan «Ural» hamda «Krilya Sovetov» bahsi (1:3) oldidan, xalq qahramonlari stadionda olqishlar bilan kutib olindi. Ularga «Ural» klubining o'yinlariga tashrif buyurish uchun abonementlar hamda esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Qayd etish joizki, ekipaj komandiri Damir Yusupov Moskvaning «Spartak» futbol klubining muxlisi ekanligi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, A321 bortida 226 yo'lovchi va ekipajning 7 a'zosi bo'lgan. Layner o'chirilgan dvigatellar va ko'tarilgan shassilar bilan qo'nishni amalga oshirgan. Ekipaj yo'lovchilarni qutqaruv trapi orqali evakuatsiya qilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 76 kishi tibbiy yordam so'rab murojaat qilgan.

loading...