Amerika va Rossiya o'rtasidagi yadro urushi qanday oqibatlarga olib keladi?..

0

 

Shu masalada Kolorado, Ratger universitetlari olimlari atmosfera tadqiqotlari milliy markazi mutaxassislari bilan birgalikda alohida izlanishlar olib borishdi. Izlanishlar Amerika hamda Rossiya o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan to'laqonli yadro urushi oqibatlariga bag'ishlandi.

Ma'lum bo'ldiki, yadro quroli qo'llanishi oqibatida atmosferaga 140 million tonnadan ziyod zaharli kul purkaladi. Bu kul bir necha hafta ichida strasfera shamollari ta'sirida butun yer yuziga tarqaladi va quyosh nurini to'sib qo'yadi. Yerda zulmat va o'ta sovuq iqlim hukm sura boshlaydi. Atmosfera zaharli kuldan to'liq tozalanishi uchun esa kamida 10 yil kerak bo'ladi. Kul tufayli havo harorati Selsiy bo'yicha 8 daraja pastga sho'ng'iydi. Bu yer yuzida tirik jon borki qirilib ketishini ta'minlaydi. Shu sababli olimlar ikki davlat rahbarlariga murojaat qilib, yadro qurolini yo'q qilishni so'rashmoqda. Sababi, ikki davlat sabab bo'lib yer yuzi aholisining hayotiga nuqta qo'yiladi. Birinchi navbatda esa ularning o'zi qirilib ketadi.

Astag'firillo!!!