Qatar mutaxassislari issiq havoga qarshi kurashning yangi usulini topishdi…

0

 

Qatardagi jamoat ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassislari mamlakat poytaxti Doxi shahar ko'chalaridagi asfaltni moviy rangga bo'yashga oid yangi loyiha yaratishdi. Bu ish Yaponiya mutaxassislari bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshirildi. Muhandis Saad al-Doserining gapiga qaraganda, asfaltning hozirgi qora rangdagi ko'rinishi issiqni ko'proq o'ziga tortadi va uni yuqoriga keragidan ko'p miqdorda tarqatadi. Moviy rang esa aksincha asfaltga yog'ilayotgan issiq havoni 15-20 darajagacha kamaytira oladi. Muhandis aytdiki, yangi eksperiment olti oy davom etadi.

Birinchi bo'lib poytaxtdagi Abdulla bin Jasem ko'chasidagi asfalt moviy rangga bo'yaldi. Bu hududda daraxt va yashil o'simliklar yo'qligi bois har yili havo harorati +50 darajagacha yetadi.

 

loading...