HAMMABOP TEST: «ASABIYLIK SIZNI TA'QIB ETADIMI?»

0

 

Hayotning o'zi asabiyliklardan iborat. Aynan shu tufayli turli kasalliklarga chalinish ham hech gap emas. Agar inson o'z salomatligini asrashni chin dildan xohlasa, asabbuzarliklardan qochishi lozim. Xo'sh, sizning asablaringiz qay darajada? Quyidagi test yordamida aniqlab oling.

1. Siz uchun kimdandir yordam so'rab murojaat etish qiyin kechadimi?

A) Ha, doim (3 ball)

B) Tez-tez shunday bo'lib turadi (2 ball)

V) Ba'zan (0 ball)

G) Hech qachon (0 ball)

2. Ko'ngilsizlik yuz bersa, uzoq vaqt asabiylashib yurasizmi?

A) Ha (5 ball)

B) Gohida (2 ball)

V) Kamdan-kam (0 ball)

G) Hech qachon (0 ball)

3. Bo'sh vaqtingizda ham muammolar haqida bosh qotirasizmi?

A) Hamisha (5 ball)

B) Tez-tez bo'lib turadi (4 ball)

V) Ba'zida (2 ball)

G) Deyarli hech qachon (0 ball)

4. Kimdir qaysidir ishni eplay olmayotgan bo'lsa, sizda uning o'rniga shu ishni bajarish istagi tug'iladimi?

A) Ha (5 ball)

B) Tez-tez shunaqasi ham bo'lib turadi (4 ball)

V) Ba'zan (2 ball)

G) Hech qachon (0 ball)

5. Sizga biror nimani ipidan-ignasigacha tushuntirayotgan bo'lishsa, oxirigacha sabr bilan tinglay olasizmi?

A) Ha (4 ball)

B) Bo'lib turadi (3 ball)

V) Vaziyatga bog'liq (2 ball)

G) Kamdan-kam hollarda (1 ball)

D) Yo'q (0 ball)

6. Kechqurun o'zingizni tartibga keltirib olish uchun qancha vaqt ajratasiz?

A) Uch soatdan ko'p (0 ball)

B) 1-3 soat atrofida (0 ball)

V) Bir soatdan kam (2 ball)

G) Bir daqiqa ham ajratmayman (4 ball)

7. Sizni «Doimo shoshib yuradi» deya baholash mumkinmi?

A) Ha (5 ball)

B) Rostdan ham shoshib yuraman (4 ball)

V) Hamma qatori shoshaman (1 ball)

G) Kerak vaqtda shoshaman (0 ball)

8. Suhbat paytida aytmoqchi bo'lgan gapingizni oldindan topib turadiganlar bo'ladimi?

A) Ha (5 ball)

B) Shunday hodisalarni tez-tez kuzataman (4 ball)

V) Bo'lib turadi (3 ball)

G) Kamdan-kam (0 ball)

D) Hech qachon (0 ball)

9. Sizga odamlar qachon qarasa, zerikarli va bo'lmag'ur narsalar haqida gapiradigandek tuyuladimi?

A) Ha (5 ball)

B) Tez-tez bo'lib turadi (4 ball)

V) Gohida (1 ball)

G) Deyarli hech qachon (0 ball)

10. Mazali taomdan yuz o'girish sizga qiyin kechadimi?

A) Ha (3 ball)

B) Tez-tez (2 ball)

V) Ba'zida (0 ball)

G) Hech qachon (0 ball)

 

NATIJALAR:

 

32 dan 44 ballgacha.

Sizni asabbuzarlik ta'qib etish xavfi bor. Qon bosimingizni o'lchating va qon tarkibidagi xolesterin miqdorini tekshirtiring. Hayotingizda albatta burilish yasashga urinib ko'ring.

17 dan 31 ballgacha.

Hozircha sizda bunday xavf yo'q. Lekin asabbuzarliklardan qochishda xotirjamlikka e'tibor qiling. Barcha hayajonlarni qalbingizdan haydang.

17 ballgacha.

Siz o'zingiz xohlagan vaqtda xotirjam yashay olasiz. Har qanday asabbuzarliklardan silliqqina qochasiz va aql bilan ish tutgan holda suhbatdoshni ham tanlay bilasiz. Bo'lar-bo'lmas narsalarga e'tibor berib o'tirishni o'zingizga ep ko'rmaysiz.

0 ball.

Agar javoblarni chin yurakdan belgilagan bo'lsangiz, bilingki, siz uchun eng katta xavf — o'ta xotirjam, beg'amligingiz. Tan oling, bu narsadan o'zingiz ham zerikib ketgansiz.

 

 

loading...