ALLOHNING BUYuRGANI

0

Qadimda bir Xudojo'y hadisshunos savobgo'y inson bo'lgan ekan. Uning bir nechta shogirdlari ham bo'lib, ularga islom dinidan ta'limot berardi. Uni ko'rish, ziyorat qilish uchun uzoq yerlardan odamlar kelib turishardi. Shu insonning zavjai halollari esa o'ta betartib, nopok, og'zidan bodi, kirib shodi chiqardi. Kelgan mehmonlarni uncha xushlamasdi.
Shunda shogirdlardan biri:

“Ustoz siz bir buyuk insonsiz. Qanchadan-qancha insonlar sizni ta'limingizga, sizni ko'rishga mushtoq, lekin nega ayolingiz buncha befahm, namozsiz. Yana dangasayu siz uning javobini bermaysiz? Ey, qo'ying unday xotinni”,-  deganda.

Ustozi shunday javob qildi:

“Shu xotinimning bir savobi Allohimga xush yoqqanki uni menga mahram qilib berdi. Mening qaysidir ishim yoqmagani uchun uni menga xotin qilib berdi “, -debdilar.
Bu dunyoda hech narsa javobsiz qolmaydi!