Kubanda benzin tashuvchi mashina «VAZ-2108» avtomobili bilan to'qnashib ketdi. Ikki o'zbekistonlik halok bo'ldi…

0

 

Shu yil 5 avgust kuni Kubandagi Taman-Veselovka avtomobil yo'lining 7- kilometrida benzin tashuvchi mashina yengil avtomobil bilan to'qnashib ketgan. Oqibatda olti nafar o'zbekistonlik muhojir jabr ko'rdi. Ularning ikki nafari jarohat og'irligi sababli olamdan o'tdi. Aytishlaricha, avtohalokat sodir bo'lishida benzin tashuvchi mashinaning haydovchisi aybdor ekan.

Halok bo'lganlarning biri yengil avtomobilning 25 yoshli haydovchisi va ikkinchisi 45 yoshli yo'lovchi ekanligi aniqlandi.

 

loading...