O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 21 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun moddiy manfaatlarni chetga surib, oz vaqt bo'lsa-da, ma'naviy taraqqiyot uchun xizmat qilishingiz tavsiya etiladi. Neki ishga qo'l urmang, unga bor garmoniyani singdirishga harakat qiling. Atrofdagilar bilan muloyim munosabatda bo'ling. Bu nafaqat ishda, balki shaxsiy hayotda ham sizga yordam beradi. Kechqurun uy ichkarisiga rosmana go'zallik olib kirish uchun juda qulay imkoniyatlar tug'iladi. Shu jumladan, qiz-juvonlar tashqi ko'rinishiga go'zallik olib kirishsa ham ziyon qilmaydi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

21 avgust kuni iste'dodlarni ommaga keng namoyish etishga bag'ishlangan tadbirlar xayrli o'tadi. Yangi tanishuvlar ham sizni chetlab o'tmoqchi emas. Bu masalada haqiqiy estetika va saxovatni namoyish etasiz. Muhabbatda munosabatlarni haddan tashqari murakkablashtirishingiz tavsiya etilmaydi. Agar muhabbat qalbingizda zohir bo'lsa, o'shaning o'zi umringizning oxiriga qadar yetib ortadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun har ishda qalbingizga quloq tuting. Hayot faqatgina ishdan iborat emas. O'zingizga ham yetarlicha e'tibor qaratishingiz talab etiladi. Bugun yangi uy poydevorini ko'tarish, qurilish va dala hovlida bo'lib o'tadigan tadbirlar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga otlanishi kutiladi. Lekin safar siz istaganchalik kechmasligi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

21 avgustda sizdan bor yo'g'i faollik va hayotiy tajribaga suyanib ish ko'rish talab etiladi. Ana shunda siz ezgu maqsadlarga albatta yetasiz. Shaxsiy hayotda muammo paydo bo'lsa, yaqin o'tmishga nazar tashlang. Qachonlardir shunga o'xshash muammoni hal etishda noan'anaviy usul o'ylab topgandingiz. O'sha usulni yodga oling. Qiz-juvonlarga bugun parhez boshlash, o'zlariga yoqqan kiyimlarni xarid qilish va go'zallik saloniga borib kelish ham sira ortiqchalik qilmaydi. Kechqurun mabodo olis safarga otlansangiz, safaringiz yoqimli kechadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Aslida siz xayolparast emassiz. Lekin bugun illyuziyaga oshno tutinsangiz foydadan xoli bo'lmasdi. Shu narsa anchadan beri qiynab kelayotgan muammolarni muvaffaqiyatli bartaraf etishda asqotadi. Ishga ijodiy yondashishingiz tavsiya etiladi. Muhabbatda ulkan rejalar tuzishdan saqlaning. Gohida oqim bilan birga suzish ham balansni saqlab qolishda yordam beradi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

21 avgust kuni qiziqarli va yoqimli hodisalar, o'ta faollik va ajoyib bir inson bilan tanishuv lahzalari kutib qoladi. Faqat gap-so'zga yolg'on aralashtirmang. Moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun tajribasi sizdan ko'proq shaxslarga suyaning. Tadbirkorlarga kutilmaganda yangi loyiha uchun pul tikish zarur bo'ladi. Sira qo'rqmasdan pul tikavering. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalar haqida yana bir bor o'ylab ko'ring.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun atrofingizdagilarning har biri bilan alohida til topisha olishingiz kerak bo'ladi. Hech kimni tanqid ostiga olmang, jahlingizni namoyish etmang va tajovuzkorlikdan saqlaning. Oilasizlarning qay biri olis safarga chiqsa, safar davomida bo'lg'usi juftini uchratib tanishishi mumkin. Qizig'i, u inson sizga yaqin manzilda yashaydigan bo'lib chiqadi. Cho'milish amallarini ado etish jarayonida juda ehtiyot bo'ling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

21 avgustda odamlar qarshisida o'zga bir odamning niqobida bo'lishingiz foydaliroq kechadi. Faqat ehtiyot bo'ling. Siringiz ochilib qolmasin tag'in. Ro'zg'orda murakkab muammolar ko'p. Shuning uchun mutaxassisga murojaat etganingiz ma'qul. Yolg'iz yashaydiganlar bugun kechga qadar faqat xushomadlarga guvoh bo'lishadi. O'zingizga yoqqan insonni ular orasidan qidiring. Albatta topasiz. Olloh baxtingizni bersin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun sizni professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni bajarishda omad kutib turadi. Ammo muvaffaqiyatlaringiz haqida duch kelganga gapirib qo'ymang. Raqobatchilar ko'p. Ulardan nari bo'lishingiz tavsiya etiladi. Moliyaviy masalada muammo bo'lmaydi. Lekin pullaringizni bo'lar-bo'lmasga sarflayvermang. Muhabbatda hanuz qalbingizga mehmon bo'lib kelayotgan garmoniya sizni tark etmaydi. Favqulodda safarga chiqishdan voz keching.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

21 avgust sizning kuningiz. Muhabbatda ham, ishda, shaxsiy hayotda ham muvaffaqiyatlar sizni qurshab turishi kutiladi. Bugun ommaviy tadbirlar, foydali kelishuvlar hamda konferensiyalar muvaffaqiyatli o'tadi. Qiz-juvonlar shuncha tadbirlar doirasida o'zlarini ham unutib qo'ymasliklari kerak. Kosmetolog qabuliga chiqib keling. Sochingizni turmaklating. Faqat me'yorni biling.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun qovg'a burji ostida tug'ilganlar vujudidagi bor kuchni ishga bag'ishlashi kerak. Boshqa maqsadlar uchun kuchingizni sarflab ovora bo'lmang. Baribir muvaffaqiyat qozonmaysiz. Agar ish joyingizda yangi lavozim va maoshingiz oshishini istayotgan bo'lsangiz, o'z ishingiz ustasi ekaningizni yana bir bor namoyish etishingiz zarur. Kerak bo'lsa, malaka oshiring, qo'shimcha bilimlarni egallang.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

21 avgust kuni juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yeta boshlaganini payqasangiz, darhol romantikani yodga oling. Romantika yo'qola boshlasa ham munosabatlar sovuqlashishi kuzatiladi. Pul va martaba ketidan quvmang. Bugun bu masalada sizning kuningiz emas. Muhim hujjatlarga imzo chekayotganda hushyor turing. Serqatnov yo'llarda ham ehtiyotingizni qiling.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi