Amerikada qotillik sodir etilgan, odam o'lib uzoq vaqt qolib ketgan joylarni tozalovchi farrosh shtati bor… (yuragi zaiflar o'qimasin)

0

 

Xabaringiz bormi, yo yo'qmi, Amerikada shunday firmalar borki, ular qotillik sodir etilgan joylar, yoki kimdir o'lib qolib murdasi bir necha kun qolib ketgan maskanlarni tozalash bilan shug'ullanadi. Yaqinda jurnalistlardan biri shunday firmalardan birining xodimi bilan suhbatlashdi.

— Nega bu qadar jirkanch va qo'rqinchli ishni tanlagansan?

— Ilgari hamma qatori ofisda, kompyuter qarshisida o'tirib ishlardim, — dedi o'zini Maykl Gans deya tanishtirgan farrosh. — Jonga tegdi. Qandaydir noan'anaviy, hech kimnikiga o'xshamaydigan ish qidirdim. Oxiri shu farroshlik ma'qul keldi.

— Qo'rqmaysanmi? Har holda ko'pincha o'liklarga duch kelasan.

— Qo'rqsam, shu ishni tanlamasdim.

— Qanday joylarni yoqimsiz, o'ta jirkanch deb hisoblaysan?

— Agar bizni ishga chaqirishsa, demak, o'sha yerda murda bir necha kun qolib ketgan bo'ladi. Eng yoqimsiz joy deb o'shanaqa maskanlarni hisoblayman. Unday joylarni yig'ishtirib tozalaguncha odamning bo'lari bo'ladi. Yana bir yoqimsiz va jirkanch joyda ishlashga to'g'ri kelgan. Kichik treyler, ya'ni, avtobuschaning ichida haydovchisi o'lib bir necha kun qolib ketgan ekan. U yerda suv ham, chiroq ham yo'q edi. Murda yotgan joyini pashsha va turli qumursqa bosib ketibdi. Jirkanch bo'lsa ham aytaman, murda deyarli chirib bitibdi. Treylerning poli, devorlarini tozalab chiqquncha o'zimiz o'lib qolayozganmiz.

Yana bir shunga o'xshash yoqimsiz joyga borganmiz. Bir ayol ikki nogiron bolaga qararkan. O'g'ri-bosqinchilar kelib ayolni ham, nogiron bolalarni ham devorga qaratgan holda tik turg'azgan va boshini mo'ljallab otgan. Ishonasizmi, bolalar o'yinchoqlari, devor, pollardagi qonlarni artib tozalab chiqqanmiz. O'shanda ikki kun ko'nglim aynib o'zimga kela olmay yurganman.

— Shunday og'ir va yoqimsiz ish uchun qancha haq to'lashadi?

— Bir soatga 25 dollar olaman. Yo'l haqi borish-kelish uchun alohida to'lashadi. Agar yuqorida aytganim kabi jirkanch joyda ishlasak, ko'proq haq talab qilamiz. Yoqimsiz, gunoh bo'lsa ham aytaman. Men borib tozalaydigan joy qancha yoqimsiz, jirkanch, sassiq va qo'rqinchli bo'lsa, shuncha ko'p daromad qilaman.

— Ishda sheriklaring bilan hazil-huzul ham qilasizlarmi?

— Albatta. Agar marhumning yaqinlari yonimizda bo'lmasa, hazil-huzul qilamiz. Bu narsa bizni ruhiy ezilishdan, qo'rquvdan asraydi. Kuni bilan qon, sassiq hidlar va qo'rqinchli manzara ichida yurgandan keyin hazil va kulgiga o'rin bermasa, farroshga qiyin bo'ladi.

Astag'firillo!!!