BAAda xususiy maktab kambag'al oilalar farzandlarini qabul qiladi

0

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja amirligida pokistonliklar asos solgan xususiy maktab sentyabr oyidan boshlab ta'lim olishga mablag'i yetmayotgan oilalar farzandlarini qabul qiladi.

Ushbu maktab allaqachon bir qancha muhtoj oila farzandlarini qabul qilgan. Ularning ayrimlari avvallari umuman maktabga borishmagan. Maktab direktori Aziza Xassan Ali maktab ko'pchilik kambag'al oilalar farzandlariga ta'lim imkoniyatini berayotganini aytib o'tgan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati