“G'aroyib hodisalar izidan”: “G'ORLIKLAR…” (ko'ngli bo'shlar o'qimasin)

0

 

 

Besh qiz yerosti sayohatiga borishdi-yu, g'or ichkarisida adashib qolishdi. Baxtga qarshi, u yerda qonxo'r, odamsifat maõluqlar istiqomat qilishardi. Mashhur Gollivud dahshatli filmi “Spusk”ning syujetini xuddi shundan bir-ikki og'iz so'z bilan tushuntirish mumkin. Lekin film rejissyorining aytishicha, film bo'lgan voqeaga asoslangan ekan…

Bu haqda Britaniya haftanomalaridan birining muxbiriga rejissyor Nil Marshall aytib bergandi. Uning gapiga qaraganda, ikki yil avval Keyt ismli yaqin tanishi dugonasi bilan birga g'or sayohatiga ketibdi. Qizlar uyga qaytishmadi. ¢or o'ta uzun bo'lgani sabab qizlarning bo'laklab tashlangan jasaälarini uzoq vaqt qidirib zo'rg'a topishdi. Keytning dugonasi yotgan yer yaqinida qon aralash oyoq izlari mavjud edi. Biroq iz odamnikidan biroz farq qiladi. Barmoqlar joylashgan qismi qiyshiq. Mutaxassislar izga qarab aniqlashdi. Bu odam izi emas. Balki odamsifat jonzotga tegishli. Uning bo'yi bir måtr ellik santimetr keladi. Gavdasi bukri. Ko'zi yo'q.

Oradan yana birmuncha vaqt o'tib hindu qabilalari vakillari shu to'g'ridagi afsonaga o'xshash voqealarni ham hikoya qilib berishdi. Bir paytlar ularning ajdodlari xuddi shu maõluqlarga qurbonlik keltirishar, agar keltirishmasa, o'zlariga kechalari hujum qilib, ko'pchiligini bo'g'izlab ketisharkan.

Olimlar bu maxluqlarni qor odamlarga ham taqqoslab ko'rishdi. To'g'ri, bo'ylari deyarli mos keladi. Faqat qor odamlar hech qachon insonga hujum qilishmaydi, o'ldirishmaydi. Maxluqlarga esa qurolsiz duch kelib qolgan odam hech qachon tirik qolmagan.

Xuddi shunday holat 2002 yili Afrikaning Ruanda mamlakatida ham kuzatilgan. O'n yillardan beri davom etayotgan fuqarolar urushidan charchagan desantchilar navbatdagi jangdan qaytayotib ro'paralaridan chiqib qolgan g'orda dam olmoqni niyat qilishgandi. Yarim tunda esa ularga yuqorida tasvirlangan kabi odamsifat maxluqlar hujum qilishdi. Yaxshiyamki, hammalarida qurol bor edi. Avtomatlardan o'q uzib maxluqlar to'dasini daf etishdi. Askarlarning keyinroq hikoya qilishlaricha, ular o'ldirgan maxluqlar garchi odamga o'xshab ketsalar-da, ko'zlari yo'q ekan. Lekin yo'ldan adashishmay, o'ljani aniq nishonga ola bilisharkan…

Afsuski, mamlakatdagi notinch vaziyat olimlarning bu yerga kelishlariga yo'l bermadi. Shunga yarasha, Keniyaning Nayrobi shahri antropologlari oradan biroz vaqt o'tib bir narsani aniqlashdi. O'sha g'ordagi maxluqlar XIX asrda izsiz g'oyib bo'lgan qabilalardan birining a'zolari bo'lishi mumkin ekan…

Qarangki, shunday yerosti maxluqlari Rossiyada ham mavjud emish. Ayniqsa, Shimoliy Ural, Komi va Yugra respublikalari atrofida yashovchi odamlarning ko'pchiligi bu narsani tasdiqlashgan. Ularning aytishlariga qaraganda, odamsifat bir maxluq o'n besh yillar burun qishloqqa bemalol kirib kelgan. Qo'lida juda ko'plab jundor hayvonlarning terisi bo'lib, ularni ovqatga almashtirib yurgan.

Olimlar bundan ham xulosa chiqarib, kolxozlashtirish davrida shu yerlarga ommaviy jo'natilgan dehqonlarning avlod-ajdodlari bo'lishi mumkinligini ta'kidlashdi.

Qozog'istonning janubiy-sharqiy hududida joylashgan qishloqlarda esa, 60-yillardan to 90-yillarga qadar yerosti odamsifat maxluqlari ochiqchasiga hujumlar uyushtirishgan. Yarim kechalari ular qishloqqa kirib kelib duch kelgan jonzotni bo'g'izlashgan. Qozog'istonda kengchilik emasmi, kechalari ko'chalarda qolib ketadigan qoramol, qo'ylar to'dasi ayniqsa, maxluqlarning o'ljasiga aylangan.

80-yillarning oxirida tunda shu joylardan o'tib ketayotgan uzoqqa qatnovchi bir haydovchining mashinasi kutilmaganda o'chib qoldi. Shu payt qandaydir ko'zsiz, ko'rinishidan odamni eslatib yuboradigan maxluq unga hujum qildi. Yigitning baxti bor ekan. Mashinadagi montirovka yordamida maxluq changalidan qutulib qoldi…

O'sha paytlarda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari voqeadan xabar topishgach, respublika miqyosida shov-shuv tarqalishiga barham berish niyatida g'orlar og'zini beton bilan yopib tashlashdi. Shunga qaramay, maxluqlar hujumi 1997 yillarga qadar davom etdi.

Olimjon HAYIT tayyorladi 

 

 

 

loading...