Ramzan Qodirov xalqidan olamdan o'tgach, uning sharafiga kichik bir machit qurishlarini so'radi…

0

 

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov yaqinda o'z xalqiga murojaat etib, olamdan o'tgandan keyin uning sharafiga kichkinagina bir machit qurishlarini iltimos qildi. Ramzan Qodirovning aytishicha, 23 avgust kuni ochilish marosimi bo'lib o'tgan Yevropadagi eng katta machit hisoblanmish «Musulmonlar faxri» machitini uning nomi bilan atashmoqchi edi. Lekin machitga payg'ambarimiz nomi berildi.

— Hamma bu dunyoga mehmon, — dedi prezident. — Shu jumladan, biz ham kun-soatimiz yetgan kuni Azroil Alayhissalomga omonatimizni topshiramiz. Shundan so'ng xalqim kichkinagina, mo''jazgina bir machit qurib mening nomim bilan atasa, men uchun bu juda katta va tengsiz sovg'a bo'lardi. Ungacha esa bizning o'zimiz machitlar, maktablar, sport inshootlari, madrasalar qurishda davom etaveramiz…

Eslatib o'tamiz, 23 avgust kuni Chechenistonning Shali shahrida ochilish marosimi bo'lib o'tgan machit haqiqatan Yevropadagi eng katta machitga aylandi. U o'ziga 30 ming odamni sig'dira oladi. Agar machit hududini ham qo'shadigan bo'lsak, 70 ming odam bir vaqtning o'zida ibodat qila oladi.

 

 

loading...