Olimlar barchani smartfonning ziyonini kamaytirishga chaqirmoqda…

0

 

Smartfonlar taraqqiy etib borgani sari ularning ziyoni ham ko'payaveradi. Uzoq vaqt smartfondan foydalanish, undan talab darajasida, qoidalarga rioya qilgan holda foydalanmaslik mushaklar uvishishi, ruhiy bosim ostida yashash, katta barmoq, bo'yin, bel og'rishiga sabab bo'ladi. Eng xavflisi odamning ko'rish qobiliyati izdan chiqadi. Miyasi jiddiy jarohat oladi. Bu xavfning oldini olish uchun har bir odam o'ziga mos smartfon tanlashi kerak. Shundayini tanlash kerakki, bir qo'lda tutib turish o'ng'ay bo'lsin. Katta ekranli smartfonlarga yaqin bormagan ma'qul. Matn terishda ikkala qo'l bilan ishlashga odatlanish zarur. Agar bu qo'lingizdan kelmasa, barmoq yostiqchalari yordamida matn terishni o'rganishingiz ham naf beradi.

Smartfonni shunday masofada ushlash lozimki, bo'yin o'zining azaliy holatidan chekinmasin. Agar kim bilandir smartfon orqali uzoq vaqt suhbat qurishingizga to'g'ri kelsa, naushniklardan foydalaning. Asosiysi, tez-tez tanaffus qilib turing.

 

 

 

loading...