O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 30 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

30 avgust kuni muammolar to'g'risida jiddiy o'ylab ko'rishingiz talab etiladi. Agar yo'l-yo'lakay o'z-o'zidan muammo hal bo'lib ketaveradi deb o'ylasangiz, xato qilasiz. Ayniqsa, martabangiz oshishi va moliyaviy masaladagi muammolar osonlikcha sizga yon bermoqchi emas. Tadbirkorlar bugun hamkorlar bilan muzokaralar davomida rosmana asabiylashishlari kutiladi. Bardoshli bo'ling va niyatga albatta yetasiz. Shu bahonada prinsiplaringizni tahlildan o'tkazib olasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun xayriya tadbirlarida ishtirok etishingiz kutiladi. Har bir vaziyatga real ko'z bilan boqing. Toki qalbingizdagi shubha bulutlari tarqab ketsin. Bel qismingizda muammo bo'lsa, jismoniy mehnat qilmang. Katta pul ortidan quvib ham o'zingizni qiynamang. Undan ko'ra qo'shimcha daromad keltiradigan ish toping. Kechqurun vaqtingizni kasbingiz bilan bog'liq yangi bilimlar olish, ijod va sevimli xobbingizga bag'ishlang.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

30 avgustda qo'l qovushtirgancha qolib ketmasangiz, har qanday og'ir vaziyatdan chiqa olishingizga imkon topiladi. Hatto, muhabbatda ham istalgan maqsadga yetasiz. Bugun moddiy ahvolingiz a'lo darajada kechadi. Lekin ulgurji xaridlar qilishga shoshilmang. Pullarning bir qismini yaxshi kunlar uchun asrab qo'ying. Salomatlikka jiddiy e'tibor qarating. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalar muddatini o'tkazib yubormasligingiz tavsiya etiladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun olqishlar eshitish, mukofot olish uchun o'tgan kunlardagidan qolib ketgan ishlarni oxiriga yetkazishingiz lozim. Yangi ishga qo'l urishdan tiyila turing. Buning uchun malaka oshirishingiz, tajribali hamkasblarning maslahatlarini olishingiz kerak bo'ladi. Juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutilmoqda. Bu muammoni tinchlik yo'li bilan bartaraf etishingiz so'raladi. Asabni asrang. Qiynalganlarga ko'mak bering.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

30 avgust kuni asablaringizga qulf urib turishingiz tavsiya etiladi. Aks holda yaqinlaringizning ko'nglini og'ritib qo'yishingiz hech gap emas. Ishxonada ham asabiylik sizning ziyoningizga ishlashi mumkin. Muhabbatda oila qurmaganlar uchun bo'lg'usi juftining roziligini olishga bir qadamgina qoladi. Bu qadamni o'ylamasdan, fikrlamasdan tashlay olmaysiz. Shu bir qadam uy-joy sotib olish bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Parizod burji ostida tavallud topganlar bu dunyoda hamma narsa uchun pul to'lanishi lozimligini yana bir bor idrok etishlari kerak. O'zingizni tutishingiz ko'pchilikka yoqib tushmayotgan ko'rinadi. Taktikani o'zgartirmasangiz bo'lmaydi. Salomatligingizga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Kerak bo'lsa, parhez tuting. Bel qismida muammo borlar maxsus mashqlarni bajarib borishlari kerak. Dori sotib olishni kamaytiring. Kechqurun plastik kartochkangizga pul kelib tushishi kutiladi inshoolloh.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

30 avgustda jismoniy holatingiz, asab tizimingizni mustahkamlovchi kuch va imkoniyatlardan yuz burmang. Faqat ish bilan yashasangiz xato qilasiz. Bajarayotgan ishingizdan ham ko'ngil yozuvchi jihatlar topishga harakat qiling. Yangi tanishuvlarni amalga oshiring. Hayotga optimist nazari bilan boqing. Kechqurun moliyaviy muammolar bartaraf etiladi. Biroq xaridlar masalasini ortga sura turing. Kechqurun ayrimlar olisda yashovchi qadrdonlar haqida yoqimli xabar eshitishi mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun hamma ishlaringiz tobida bo'lishi mumkin. Ammo muhabbatda muammolar yuzaga kelishi kutilmoqda. Sizning aybingiz bilan juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz qattiq ranjigan chiqadi. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishga yangilik kiritishga urinmang. Umuman, tanaffuslardan buguncha yuz burib turishingizga to'g'ri keladi. Ular ham ishingiz, ham salomatligingizga putur yetkazishi ehtimoldan xoli emas. Asablarni ehtiyot qiling.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

30 avgust kuni ishingizga jiddiy yondashing. Bo'shashishga umuman o'rin bermang. Oilangizda vaziyatlar chalkashib ketishi oqibatida ayrim qondoshlar bilan munosabatlarga qora parda tortilishi mumkin. Oilalilar jufti bilan munosabatlarga ham oydinlik kiritib olishlari zarur. Ko'cha ovqatini yeyishdan tiyiling. Keksa va o'sal yotgan qarindoshlar holidan xabar oling. Savobga egalik qiling. Bugun sport bilan bog'liq har qanday tadbir muvaffaqiyatli o'tadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun kunning birinchi yarmida ish joyingizdagi hamkasblardan kimdir sizni tanqid ostiga olib, ishingizdan kamchilik topa boshlashi mumkin. Asabiylashish tugul, ensangizni ham qotirmang. Shunda g'alaba siz tomonda bo'ladi. Bugun piyoda sayr qilish, sportning yengil turlari bilan shug'ullanish, suv havzalarida cho'milish xayrli o'tadi. Kun davomida og'ir narsa ko'tara ko'rmang. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

30 avgustda yaqin qarindoshlaringiz kayfiyatingizni bir pul qilishi ehtimolga yaqin. Ular rosmanasiga sizga tashlanib qolishadi. Sizni aybsiz aybdorga aylantirishadi. Siz bu gal tek turmasligingiz kerak. Haqligingizni isbotlang. Oila qurmaganlardan kimdir yaqinda bo'lg'usi jufti bilan tanishgan bo'lsa, bugun kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechiradi. Yigit bo'lsangiz, uchrashuvga chiroyli guldasta olib borishni unutmang.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun sportning ekstremal turlaridan nari bo'lishingiz tavsiya qilinadi. Shu bilan birga aldanishdan, pul bilan bog'liq firiblardan saqlaning. Atrofdagilar qarshisida hurmatingiz tushib ketishini istamasangiz, o'zingizni madaniyatlilarcha tuting. Kunning ikkinchi yarmida do'stlardan biri ko'nglingizga ozor yetkazadigan gap aytishi mumkin Bu gap kelgusi munosabatlarga nuqta qo'yishi tayin. Kechqurun safarga chiqsangiz, bilingki, safaringiz foydali kechadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...