Amerikada ikki boshli toshbaqa topildi…

0

 

Amerikaning Janubiy Karolina shtatiga qarashli Xilton-Xed-Aylend shahrida ikki boshli toshbaqa topildi. Shu haqda toshbaqalarni himoya qilish mahalliy tashkiloti vakillari xabar tarqatishgan.

— Bizning tashkilot tarixida nimalarni, qanday manzaralarni ko'rmadik, — deydi tashkilot ma'murlaridan biri. — Ammo toshbaqaning ikki boshlisini birinchi ko'rib turishimiz. Biz jonivorni okeanga qo'yib yubordik…

Ikki boshli toshbaqaning surati internetda ham minglab layklar yig'di. Ko'pchilik ikki boshli toshbaqa yovvoyi tabiat qo'ynida yashab keta olmasligini, shuning uchun uni okeanga tashlamasdan boqib olish zarurligini aytdi.

Mutaxassislarning fikricha, ikki boshli toshbaqa va ilonlar boshi aslida egizak hisoblanadi. Ular aksar hollarda juda yaxshi hayot tarziga ega bo'ladi.

 

loading...