Kamqonlikning ajoyib davosi

0

Kamqonlik, qondagi gemoglobin miqdorining tushib ketishi natijasida organizmga kislorod yetkazib berish qiyinlashadi. Bu esa jismoniy quvvat kamayib ketishiga olib keladi. Shu bilan birga, kamqonlikda yurakda shovqin, umumiy holsizlik, immunitet pasayib ketishi kuzatiladi. Gemoglobin miqdori tushib ketishi yoshu qarida birdek kuzatiladi.

1. Bir stakandan yong'oq va grechixa yormasini maydalab ezib, bir stakan asalga aralashtiriladi. Kamqonlikda aralashmadan kuniga ikki mahal 1 osh qoshiqdan yeyish kerak.

2. Bir stakan quritilgan olxo'ri, turshak, yong'oq, mayizni maydalab, 1 stakan asal qo'shiladi. 1-2 dona limonni po'stlog'i bilan birga qiymalagichdan o'tkazib, aralashtiriladi. Kuniga ikki-uch mahal iste'mol qilish lozim. Muolaja davomiyligi: 10-12 kun.

3. Sabzi, lavlagi, sholg'om sharbatidan yarim stakandan chiqarib, aralashtiriladi. Shishaga solib, muzlatkichga qo'yish kerak. Kuniga uch-to'rt mahal ovqatlanishdan avval 2 osh qoshiqdan ichiladi. Muolaja davomiyligi: 3 oy.

4. Har kuni 1-2 dona sabzini qirg'ichdan chiqarib, bir qoshiq qaymoq yoki bir osh qoshiq zaytun yog'i aralashtirib, iste'mol qilinadi.

5. Kechqurun 0,5 stakan grechixa yormasini 1 stakan qatiq bilan aralashtiriladi. Ertalab aralashmaga biroz asal qo'shib iste'mol qilish lozim.

loading...