GILOSNING ORGANIZMGA FOYDASI…

0

 

Dunyo tibbiyotida behuda gilosni «Shirin dori» deb atashmaydi. Uning tarkibida V, A, S i RR vitaminlari bisyor. Gilos juda kuchli antioksidant va immunitetni ko'taruvchi qurol hisoblanadi. Organizmni turli radikal bakteriyalardan tozalaydi. Qon aylanishini me'yorda ushlab turadi.

Agar sizning teringizda muammo bo'lsa, gilosdan maska qilsangiz, muammo tez orada ijobiy hal bo'ladi. U organizmni turli xavfli zaharlardan, qonni zararli moddalardan tozalashda tengsizdir.

U oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Ich qotishidan azob chekayotganlar uchun ham gilos iste'moli tavsiya etiladi. Yuzga toshuvchi husnbuzarlar va shu kabi yarachalarni ham gilos yordamida yo'q qilsa bo'ladi. Jigar faoliyatini yaxshilaydi. Buyrak, gipertoniya, artrit, revmatizm, kamqonlikda gilos asosiy dori vazifasini ado eta oladi. Gilosni nafaqat shundayligicha, balki murabbo ko'rinishida, quritilgan holda ham iste'mol qilish mumkin. Chunki u qanday ko'yga solmang, o'zidagi shifobaxshlik xususiyatlarini yo'qotmaydi.

Salomat bo'ling!

 

 

loading...