O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 8 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun muammolar iskanjasida qolmaslik uchun jon jahdingiz bilan harakat qilishingiz kerak. Ko'ngilsizliklar katta tezlikda siz tomon yo'rg'alay boshlaydi. Yana har tarafdan yog'ilishi-chi! Atrofdagilar bilan bahsga kirishganda, emotsiyani nazoratda tuting. Oilaviy hayotingizda ham tushunarsiz bir voqea sodir bo'lishi mumkin. Og'ir bo'ling. Xotirjamlikka e'tibor qarating. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

8 sentyabr kuni oldindagi to'siqlarni yengib o'tish uchun temir irodaga ega bo'lishingiz talab etiladi. Yaqinlar, do'stlar yordamiga ishonib qolmang. Mustaqil tarzda muammolarni bartaraf eting. Tanangizga hukmini o'tkaza boshlagan charchoqlarga qarshi kurashing. Bugun jismoniy mehnat bilan shug'ullanishingiz tavsiya etilmaydi. Kechqurun giyohlardan damlama ichsangiz, toliqishlar nari ketadi. Yoki hammomga tushing.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun ma'naviy jihatdan muammolarga duch kelmaslik uchun balansga amal qiling. Arzimas tushkunliklarni yurakka yaqin olmang. Do'stlar bilan birga o'tirib ko'ngil yozishdan saqlaning. Oiladagilarga e'tiborni kuchaytiring. Moddiy ahvolingizni yaxshilash masalasida optimist bo'lishingiz kerak. Kommunal xizmatlardan qarzingiz ortib borishiga yo'l qo'ymang. O'zingizni ehtiyot qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

8 sentyabrda nafaqat miyangizni chirmab olguvchi xunuk xayollardan, balki yoqimsiz shaxslardan ham o'zingizni ola qoching. Ana shunda omad siz tomonda bo'ladi. Ish bajarishda eskicha usullardan voz keching. Yangilik sari intiling. Shunday yangilik topingki, yoshlarga ibrat bo'lsin. Kechqurun ayrimlar xizmat yuzasidan safarga otlanishi kutiladi. Safaringiz bexatar kechsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun arslon burji vakillari ayrim kimsalardan yashiringan holda hayot tarzini davom ettirishlariga to'g'ri keladi. O'zingizga qayting va ishni ham o'zligingiz yordamida amalga oshiring. Ikkilanishlarga yo'l qoldirmang. Pul masalasiga kelsak, u hech qachon yetarli bo'lmagan. Aniqrog'i, siz bilan biz uni yetarli emas deb hisoblaymiz. Ishoning, kissangiz pulsiz bo'lmaydi. Yoqimli xaridlarni amalga oshirib hech bo'lmasa o'zingizni quvontiring.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

8 sentyabr kuni ko'pchilikdan olqishlar kutasiz. Ammo ular yangray qolmaydi. Hoynahoy olqishbop ishlarni amalga oshirmagan ko'rinasiz. Muhabbatda ba'zi dog'lar ko'zga tashlanadi. Bu dog'larni yo'q qilish payida bo'lsangiz, o'zingizga yaxshi. Surunkali xastalikka chalinganlar muolajalar haqida o'ylab ko'rishlari lozim. Har bir masalaga ruhan tetik holda yondashing. Moliyaviy sohada muammo bo'lmaydi. Pulingiz albatta bo'ladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun uy va dala hovlida tozalov ishlarini olib borishingiz uchun qulay imkoniyatlar bor. Shunday ekan, rejani o'zgartirmasligingiz tavsiya etiladi. Kimki yolg'izlikka talpinib kelgan bo'lsa, albatta bugun niyatiga yetadi. Oila qurmaganlarning bo'lg'usi jufti bilan arazlashib qolganlari o'zining noto'g'ri hatti-harakatlari tufayli yolg'izlikka mahkum bo'ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatlik haqida ko'proq qayg'uring.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

8 sentyabrda yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Yolg'izlar uchun bu tanishuvlar romantikaga aylanib ketishi ehtimolga yaqin. Faqat ehtiyot bo'ling. Siz bilan tanishib bir umr birga bo'lishni xohlovchilar ko'payib ketib boshingiz aylanib qolmasin. Depressiya xavf solayotgan bo'lsa, yaqin insoningiz bilan kino yoki teatrga tushing. Bugun yoga va meditatsiya bilan shug'ullanish ham muvaffaqiyatli kechadi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kuningiz kuchli bosimlar ostida boshlanishi kutilmoqda. Safar, jiddiy odamlar bilan jiddiy suhbatlar va muhim hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari oyog'ingizdan olishi tayin. Shu orada tanaffuslar qilib turish va rejim asosida ovqatlanishni ham yodingizdan chiqarmang. Kechqurunga yaqin ish yuzasidan serdaromad ishda hamkorlik taklif qilishlari mumkin. Bu azaliy orzuingiz edi. Albatta rozi bo'ling.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

8 sentyabr kuni xudoning o'zi sizga g'oyibdan rizq ulashishi kutilmoqda inshoolloh. Demak, buguningiz yanada quvonchli kechadi. Faqat birovlarga o'zingizni hadeganda ko'z-ko'zlashdan tiyiling. Ko'z tegadi. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar sovuqlashish pallasiga kirishi mumkin. Buning oldini olishingiz kerak bo'ladi. Salomatlikdan ayrim tog' echkisi burjida tug'ilganlar shikoyat qila boshlashi mumkin. Vrachga uchrashib tibbiy ko'rikdan o'tishingiz zarurga o'xshaydi.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Oila qurmagan do'stlarning ba'zilari bo'lajak umr yo'ldoshi bilan tanishish masalasida negadir tortinchoq qiyofaga kirib qolishlari mumkin. Lekin bu qo'rqinchli emas. Yangi tanishgan insonning o'zi sizni yoqimli izhorlar yordamida albatta gapirtiradi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida biznes hamkorlar bilan muhim masalalarda muzokaralar olib boradi. Kechqurun sport bilan shug'ullanish foydali kechadi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

8 sentyabr kuni birovlarning xohishiga bo'ysunib shaxsiy ishlaringizni ora yo'lda qoldirmang. Ayniqsa, moliyaviy muammolarni o'z vaqtida bartaraf etishingiz shart. Uy jonivori sotib olish istagida yurganlar bugun niyatiga yetadi. Faqat bundan oldin yaqinlaringiz bilan ham maslahatlashing.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi