ROSSIYaLIK QIZ TURKIYaDAGI ODAMFURUShLAR O'LJASIGA AYLANDI…

0

 

Turkiyada olamdan o'tgan rossiyalik 16 yashar qizning ichki a'zolarini haqiqatan vrachlar bekitiqcha kesib olishibdi…

Esingizda bo'lsa, yaqinda Turkiyaga dam olishga borib o'lim topgan 16 yashar Sofya Lanshakovaning ichki a'zolari kesib olingani haqida xabar bergandik. O'shanda turkiyalik vrachlar o'zlarini oqlash uchun turli bahona-sabablarni ro'kach qilishgan. Biroq qizning jasadi vataniga olib kelingach, ekspertlar tekshirib ko'rib, marhumaning eng asosiy a'zolari olib qo'yilganini ma'lum qilishdi. Sofyaning onasi Tatyana Lanshakova o'sha 13 iyulni — qizi jon bergan lahzalarni alam bilan yodga oldi.

Tatyana Lanshakova:

— Qizim kasalxona jonlantirish bo'limida yotardi. Men o'sha atrofda turgandim. Yotgan yerida «Oyi, yuragim juda yomon og'riyapti! Oyi, men o'lib qolaman», deb qichqirardi. Men bo'lsam, «Qizim, bu nima deganing? Biz shifoxonadamiz-ku, axir!» deb uni yupatmoqchi bo'ldim…

Lanshakovlar oilasi Sofya og'irlashib qolgandan keyin duch kelgan birinchi tibbiy markazga olib kelishgan. Qiz ahvoli og'irligidan mustaqil yura olmasdi. Afsuski, ikki soatgacha vrachlar nima qilishni bilishmadi. Ikki soatdan keyingina ahvol jiddiyigini anglab yetishdi va boshqa shifoxonaga olib borishni maslahat berishdi. Shu vaqtda Sofya hatto o'tirishga ham yaroqli emasdi. Uni aravachaga yotqizgan holda mashinagacha olib chiqishdi. Ikkinchi shifoxonada vrachlar yana tahlillar olishni boshlashdi. Qizda kuch deganning o'zi qolmagandi. O'sha kuni kech soat 19: 00 da Sofyaning yuragi urishdan to'xtadi. Mutaxassislar yurakni ishga tushirishga go'yoki ojiz qolishibdi. Aytishdiki, Sofya peritonitdan o'lim topibdi. O'limidan keyingi ekspertiza amallari bir oydan ko'proq davom etdi. Jasadni vatanga olib kelishgach, ota-onasini yangi shok, ko'ngilsizlik kutib turardi. Ular jasadni olib kelgan klinika vrachlari Sofyaning ichki a'zolari kesib olinganini ma'lum qilishdi. Ta'kidlashdiki, turk pataloganatomlari uchun jasadning ichki a'zolarini kesib olish oddiy holga aylangan. Lekin qizning otasi bundan-da dahshatli manzaralarni tasvirlab berdi.

Vyacheslav Lanshakov:

— Qizimni qayoqdagi bo'lar-bo'lmas tahlillar olish, kapelnitsalar bilan o'ldirishdi. Bularni hoynahoy uning ichki a'zolarini bekitiqcha kesib olish uchun qilganlar degan shubham bor…

Endi tasavvur qiling. Jarrohlik amaliyoti o'tkaziladigan stolga odam yotqizilgan. U vrachlar uchun mijoz, boshqalar uchun yaqin qondosh. Do'st, qiz, o'g'il, aka yoki uka. Kimlar uchundir u odam emas, balki bir qop dollar. Odam ichki a'zolari bilan savdo qiluvchi qora bozorda oshqozonosti bezi 30 ming dollar, jigar 150 ming dollar, buyrak 200-250 ming dollar turadi. Faqat bu bozorda yurak sotilmaydi xolos. Negaki, uni bekitiqchasiga ham birovga o'rnatib bo'lmaydi. Sofya Lanshakova fojiasi Turkiyada sodir etilgan shu taxlit ayrim jinoyatlarni yodga olishga majbur etadi.

2001 yili Sergey Timus ismli yigit Turkiyaga dam olish uchun borib pulini o'g'irlatib qo'ygan. Begona yurt. Pul beradigan mehriboni yo'q. Shunda bir tanish ayol unga qon topshirib pul ishlash taklifini kiritdi. Yigit rozi bo'ldi. Uni uxlatib qo'yishdi. Uyg'ongach esa bildiki, aldanibdi. Bitta buyragini olib qo'yishgan ekan…

Dahshatlisi, Sofyaning ota-onasi suyukli farzandidan ayrilgani yetmay, endi turk mutaxassislari bilan sudlashadi. Busiz alam ortga chekinmaydi. Ajablanarlisi, turkiyalik vrachlar ham sudlashishga bajonidil rozi bo'lishibdi.

Astag'firillo!!!

ntv.ru

 

 

 

 

loading...