Tojikiston prezidentining qudasi militsiya jinoyat qidiruv bo'limi xodimini shafqatsizlarcha kaltakladi…

0

 

Shu yil 8 sentyabr kuni Tojikistonning Ko'lob shahrida mamlakat aloqa xizmati rahbari, prezident Imomali Rahmonning qudasi Bek Sobir militsiya bo'limi xodimini jiyanlari bilan birgalikda shafqatsizlarcha kaltakladi.

Gap shundaki, o'sha kuni militsioner yaqin vaqtlar ichida prezident tashrifi kutilayotgani bois shahardagi ob'yektlarni ko'zdan o'tkazayotgandi. Aloqa xizmati binosiga kirmoqchi bo'ldi. U yerdagilar militsionerni ogohlantirib, bu prezidentning qudasi Bek Sobirga tegishli ekanini aytishdi. Shunda militsiya xodimi haqoratli so'zlar bilan javob qaytardi. Haqoratni Bek Sobir janoblarining shaxsan o'zi eshitib qoldi va militsionerga tashlandi. Shu orada jiyanlari ham yetib kelib militsionerni kaltaklay ketdi. Keyinchalik o'lasi qilib kaltaklangan militsiya xodimini o'sha yerga to'planganlar hamkasblari qo'liga topshirishdi.

Ushbu voqeaning nima bilan tugagani, militsiya xodimining kelgusi taqdiri haqida ma'lumot tarqatilmagan.

ca-news.org

 

loading...