Xorijiy davlatlarda berilgan ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlar tan olinadimi?

0

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 16 yanvar kuni e'lon qilingan “Ta'lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida yurtimizda 2019 yil 1 martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibi joriy etilgan edi.

Shu yilning 24 iyul kuni Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan xorijiy OTM diplomlarini nostrifikatsiya qilish tartibini soddalashtiruvchi qaror tasdiqlandi. Ushbu hujjatga asosan, ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish to'g'risidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi belgilab qo'yilgan.

Bo'ka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Nurjamol To'raqulova M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston davlat universitetida ta'lim olgan. Biroq, shu kunga qadar mazkur diplomidan foydalana olmay kelgan edi. Bo'ka tuman Davlat xizmatlari markaziga kerakli xujjatlarni taqdim qilganidan so'ng, N.To'raqulovaning xorijiy davlatda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjati tan olinib, nostirifikatsiya qilindi. Diplom tantanali ravishda topshirildi.

Shu o'rinda Nurjamol To'raqulova bu kabi hujjatlarninostirifikatsiya qilishda oldingi tartib qoidalar naqadar murakkabligini yodga olib, ko'rsatilayotgan bu kabi qulay va shaffof davlat xizmatlaridan mamnun ekanliginiizhor etdi.

Bugun fuqarolarimizning bu kabi davlat xizmatlaridan foydalanishiga keng imkoniyat yaratilayotganligi “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”, tamoyiliga muvofiq, yangi tizim Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas — davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu g'oyasini so'zsiz amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Davlat xizmatlari Agenligi

Toshkent viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati