WBC’ning yangilangan reytingida o'zbekistonlik bokschilar yuqoriladi (+foto)

0
Butunjahon boks kengashi (WBC) avgust oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik besh nafar bokschi mazkur reytingdan o'rin egalladi, deya xabar bermoqda GoSport.

Super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan o'zbekistonlik Azizbek Abdug'ofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pog'onasini saqlab qolgan va 4-pog'onaga joylashgan. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko'rsatilmoqda.

Yarim o'rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) ham reytingda bir oy oldingi o'rni — 6 o'rnini saqlab qolgan. U o'tgan oyda ikki pog'ona pastlashiga to'g'ri kelgandi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 11-o'rinlarni egallab turibdi.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o'zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda besh nafar o'zbek bokschisi e'tirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingidan super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G'iyosov (9-0, 7 KO) bir yo'la 9 pog'ona yuqorilab 24-o'rinda qayd qilingan.

Mazkur vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa ikki pog'ona yuqorilab 29-pog'onadan joy olgan.

Mazkur vaznning yana bir vakili WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa (5-1, 4 KO) 39-o'rinda qolgan.

Shuingdek, yangilangan reytingdan super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (3-0, 3 KO)

va o'ta og'ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) ham ilk marta joy olgan.

Madrimov reytingning so'nggi 40-pog'onasida qayd qilingan bo'lsa, Jalolov 39-o'rinda paydo bo'lgan.

loading...