Senzurani o'ta kuchaytirgan 10 davlat

0

Media Watchdog tashkilotiga ko'ra, avtoritar davlatlar jurnalistlarning “ovozini o'chirish” uchun keskin choralarni qo'llagan holda senzurani kuchaytirmoqda.

Jurnalistlarni himoya qilish jamiyatining hisobotida senzura eng kuchaygan mamlakatlar o'ntaligi quyidagicha ko'rinish olgan:

  1. Eritreya
  2. Shimoliy Koreya
  3. Turkmaniston
  4. Saudiya Arabistoni
  5. Xitoy
  6. Vyetnam
  7. Eron
  8. Ekvatorial Gvineya
  9. Belarus
  10. Kuba

Ko'rib turganingizdek, Eritreya, Shimoliy Koreya va Turkmaniston senzura eng kuchli avj olgan davlatlar uchtaligi deb topdi. Bu mamlakatlarda jurnalistika kuch bilan boshqariladi.

O'ntalikka kiritilgan boshqa davlatlarda “ta'qib qilish va o'zboshimchalik bilan hibsga olish kabi murakkab taktikalar, shuningdek, murakkab kuzatuv va maqsadli xakerlik usullaridan foydalanadi”.

Saudiya Arabistoni, Xitoy, Vyetnam va Eronda jurnalistlarni, ularning oilalarini qamoqqa olish va ta'qib qilish, shu bilan bir qatorda internet va ijtimoiy mediada raqamli nazorat va senzura o'rnatilgan.

Hisobotda Suriya va Yaman kabi urushga uchragan mamlakatlarda jurnalistlar va matbuot erkinligi uchun sharoitlar “o'ta qiyin, ammo bu faqat hukumat senzurasiga bog'liq emas”, deya qayd etilgan.

Ushbu reyting xususiy yoki mustaqil ommaviy axborot vositalarini cheklash, tuhmat to'g'risidagi jinoiy qonunlar, yolg'on xabarlarni tarqatishda cheklovlar, veb-saytlarni blok qilish, hokimiyat tomonidan jurnalistlarning kuzatuvi, ommaviy axborot vositalariga litsenziya talablari va maqsadli xakerlik kabi faktorlarga asoslangan.

“Internet senzurasi eskirishi taxmin qilingan edi, lekin bu amalga oshmadi”, – deydi Jurnalistlarni himoya qilish direktori Joel Simon.

“Senzura eng kuchaygan davlatlar hukumatlari shafqatsizlikni G'arb kompaniyalaridan sotib olinadigan texnologiyalar bilan birlashtirib, o'zgacha fikrlarni bo'g'ish va ommaviy axborot vositalarini boshqarish uchun ishlatadilar,” – dedi Joel Simon.

Hisobotda Saudiya Arabistoni matbuoti uchun repressiv muhitning “keskin yomonlashishi” valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning boshqaruvga kelishi bilan bog'langan.

Saudiya Arabistonida terrorizmga va kiber jinoyatlarga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunlar hukumatga qarshi yozadigan jurnalistlar va blogerlarni hibsga olish huquqini beradi. 2018 yil 1 dekabr holatiga ko'ra, 16 jurnalist panjara ortida bo'lgan, 2019 yilning birinchi yarmida esa to'qqiz jurnalist hibsga olingan.

 

azon.uz