“G'aroyib hodisalar izidan”: “O'G'LINING ARVOHIGA HAM ZOR BO'LGAN ONA…”

0

 

Bir kuni Amerikaning Jorjiya shtatida yashovchi 57 yoshli Jennifer Xodj dahshatdan o'layozdi. Ertalab turib qarasa, avtomat fotokamera kechasi yangi suratni havola etgan ekan. Suratni sinchiklab kuzata boshladi va kutilmaganda oh tortib yubordi. Yo'q, avvaliga qo'rqdi. Hatto, qimirlashga-da o'zida kuch topa olmadi. Lekin sal o'tgach, harqalay o'zini qo'lga olib qaytadan suratga boqdi. Suratda odam qiyofasida kimdir oshxonaning bir burchida turgancha o'yga tolgandi. Yana va yana kuzatish natijasida bu shakl kimga tegishli ekanini anglab yetdi. U 2016 yili 23 yoshida olamdan o'tgan o'g'li Robbi edi. U tasodifan dorini ko'proq dozada ichish tufayli vafot etgan. O'shanda vrachlar ham unga yordam bera olmagan, ularning o'zi ham buning neligini aniqlay olmay halak bo'lishgandi.

Avtokamera arvohni suratga olgach, Jenniferning smartfoniga yuborgandi…

Ayol azbaroyi qo'rqib ketganidan politsiyaga xabar bermoqchi bo'ldi. Lekin sal o'zini bosib olgach, bu fikridan qaytdi. Yugurgancha oshxonaga kirdi. O'sha lahzada qandaydir yoqimli, xuddi mayin shabadani eslatuvchi tashqi ta'sir tegib o'tgandek bo'ldi. Garchi oshxonada o'zidan bo'lak hech kim bo'lmasa-da, bu sharpa bilaklariga tegib o'tganini aniq his eta oldi. Bu o'zining yolg'izi, suyukli o'g'li ekaniga sira shubha qilmadi…

Alami kelib yig'ladi. So'zlandi. Sog'inch va alam o'ti ko'ksini kuydirib yorug' dunyoga sig'mas bo'ldi…

Shu kundan beri o'g'lining arvohi aks etgan suratga qayta-qayta tikiladi. Har tikilganda, xuddi o'g'li bilan uchrashgan, suhbatlashgan, dardlashgan kabi yengil tortadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

 

loading...