Ikki pushti kamaridan bo'lgan go'dagiga kun bermagan pedofil kamerada o'zini osib qo'ydi…

0

 

Ukrainaning Vinnitsa shahrida yashagan 32 yoshli pedofil uch yashar qizi va besh yashar o'g'lini shafqatsizlarcha kaltaklagani kamlik qilib ular bilan jinsiy munosabatga kirishib kelgan. Bu jirkanch ishlarini videoga olib keyinchalik internetga joylashtirgan.

Bolalar qachon qarasa, yuz-ko'zlari, oyoq-qo'llari ko'kargan holda yurishardi. Qo'shnilar so'rasa, yo karavotdan yiqildim, yo zinada qoqilib ketdim kabi yolg'on javoblar bilan cheklanishardi. Oxiri qo'shnilar ijtimoiy himoya tashkilotiga xabar qilishdi. Bu tashkilotdan naf bo'lmagach, politsiyaga qo'ng'iroq qilishdi. Politsiyachilar bu kvartiraga kirib dahshatdan qotib qolishgandi. Ichkari kir-chir, antisanitariya holati. Bolalar kirlangan ko'rpalarni polga to'shagan holda uxlarkan. Zolim va pedofil ota ularni bir necha kunlab uyda yolg'iz qoldirib ketarkan. Kelgach esa yana o'sha eski hunarini boshlarkan. Politsiyachilar o'sha zahoti pedofilni qo'lga olib SIZO ga joylashtirishdi. Ammo ertasi kuni uni kamerada o'zini osgan holda ko'rishdi.

Hozirda bolalar kasalxonaga joylashtirilgan. Keyinroq ularni bolalar uyiga joylashtirishadi.

Prokuraturadagilar bu bilan to'xtamoqchi emas. Negaki, bolalar bog'chaga qatnashgan. Bog'chadagi tarbiyachilar ularning ko'kargan yerlari bilan qiziqib ham ko'rishmagan. Tergovchilar ularni ham albatta tergovga chaqiradi.

Astag'firillo!!!

 

loading...