Messi Ronalduning birga ovqatlanish haqidagi taklifiga javob berdi

0

«Barselona» sardori Lionel Messi «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduning birga tushlik qilish haqidagi taklifiga javob qaytardi. Gap shundaki, Ronaldu UEFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimida azaliy raqibi bilan birga ovqatlanish niyati borligini ma'lum qilgandi.

«Krishtianu men bilan tushlik qilmoqchi? Muammosiz. U bilan aloqalarim yaxshi. Biz bir jamoada harakat qilmaganimiz uchun yaqin do'st emasmiz. Odatda turli xil marosimlarda ko'rishib qolamiz. Biroq, oxirgisida oldingilaridan ko'ra ko'proq gaplashdik. Birga tushlik qilishga keladigan bo'lsak, bu qachon ro'y berishini bilmayman. Chunki, har xil davlatlarda yashaymiz va o'ziga yarasha ma'suliyatlarimiz bor. Lekin, agar imkoniyat bo'lsa hech qanday muammosiz bu amalga oshadi», – deydi 31 yoshli hujumchi.