O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 13 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

To'g'ri yo'ldan adashmaslik uchun bugun hayot qonunlari va ayrim qoidalarga amal qilishingiz kerak. Qaerdadir sukut saqlang, qaerdadir aksincha oratorga aylaning. Tajovuzkorlikka moyi odamlar bilan ehtiyot bo'lib muloqot qiling. Ular nafaqat siz, balki oila a'zolaringizga ham ziyon yetkazib qo'yishi hech gap emas. Mabodo mazangiz qochsa, uyda xalqona usullar yordamida davolaning. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

13 sentyabr kuni sadoqat haqida gapirmang, uni muhabbatingizga uyg'unlashtiring. Oilalilardan kimdir bekitiqchasiga qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi bilan ishqiy sarguzashtlarga berilgan bo'lsa, hushyor turishsin. Juftingiz sezib qolsa, qiyomat qoyim bo'ladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda jiddiy asabbuzarliklarga duch kelishingiz kutiladi. Shamollab qolishdan saqlaning. Kechqurun toza havo sayriga chiqing.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun yaramas, maraz odamlar bilan bilib-bilmay muloqot qilib, buning oqibatida ruhiy jarohatlar olishingiz kutilmoqda. Afsuski, jamiyatda shundaylar ham topiladi. Undaylarni aylanib o'tishga harakat qiling. Yaqin do'stlardan biri kunning ikkinchi yarmida qo'ng'iroq qiladi. Bu qo'ng'iroq yaqin kelajakdagi rejalarni o'zgartirishga majbur etadi. Ro'zg'ordagi ikir-chikirlar oilasizlarning romantik kayfiyatiga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkin.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

13 sentyabrda o'zingizni butun borlig'i bilan sevguvchi insonni qayta sinovlarga mahkum etmang. Taqdirning o'zi har bandaning yo'lini to'g'rilab qo'ya oladi. Moliyaviy masalada ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Ayniqsa, kimgadir pul jo'natayotganda sergak turing. Bugun qisqichbaqa burji ostida tug'ilgan ayollar uyda supur-sidir bilan jiddiy shug'ullanishlari zarur. Yoshi ulug' qarindoshlarning maslahat va nasihatlarini inkor etmang.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

13 sentyabr kuni joningizni jabborga berib ishlashingiz shart emas. Asta ishlasangiz ham maqsadga albatta yetasiz, kerakli daromadni olasiz. Ijod kishilari gonorarini undirish payida bo'lishadi va kun davomida yugur-yugurlardan bo'shamasliklari mumkin. Xizmat safariga jo'nab ketish arafasida turganlar hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirishlari talab etiladi. Xatoga yo'l qo'ysangiz, bu xato qimmatga tushishi mumkin.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Qachonki ko'p narsaga ega chiqish ishtiyoqida bo'lsangiz, aksiga olgandek kam bilan qolishga majbur bo'lasiz. To'g'ri, bu ham hayotning shafqatsiz qonunlaridan biri. Shuning uchun martaba va lavozimni oshirish niyatida yurganlar shoshmasliklari kerak. Kunning ikkinchi yarmida boobro' bir inson bilan uchrashishingiz hayotingizning barcha jabhalariga ta'sir o'tkazishi mumkin. Muhabbatda qat'iyatlilik bugun uchun ziyon keltiradi. Yon bering va juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizning e'tiborini yanada ko'proq qozoning.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

13 sentyabrda taqdir in'om etadigan barcha imkoniyatlardan unumli foydalaning. Quyoshgacha yeta olmasangiz-da, muvaffaqiyatlar cho'qqisini aniq zabt etasiz. Agar ro'zg'or masalasida dono bo'lishsa, qarindoshlar bilan bahsga kirishmang. Bugun safarlar, boshqa joyga ko'chib o'tish va xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Sog'lig'ingizni ehtiyot qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun ish joyingizda rahbarlar boshqa hamkasblar uddalay olmagan ishlarni ham sizning zimmangizga yuklasa, sira hayron bo'lmang. Demak, siz ularning ishonchini qozona olgansiz, professional xodimsiz. Shu bahonada hamkasblar oldida obro'yingiz yana bir pog'ona yuqoriga ko'tariladi. O'tmishdagi muhabbatga qaytishga urinmang. Bugungisi bilan munosabatlarni mustahkamlang. Oilasizlar tanlagan insonini yana bir karra sinovdan, nazoratdan o'tkazish uchun qo'shimcha imkoniyat ega bo'lishadi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

13 sentyabr kuni shunday bir vaziyatga tushasizki, bu og'ir va chalkashliklardan iborat bo'lishi mumkin. Biroq ortga chekinishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Bu vaziyat sizga maktab vazifasini o'taydi. Muhabbat bobida shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymang. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga ishoning. Zimdan tekshiruvlarni bas qiling. Kechqurun qo'lingizga bajargan ishlaringiz uchun mo'may daromad kelib tushadi. Barakasini bersin.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun birinchi qiladigan ishingiz salomatligingizni mustahkamlashdan iborat bo'ladi. Immunitetingiz pasayib ketgan bo'lsa, darhol chorasini ko'rishingiz kerak. Sog'lig'ingiz yaxshi bo'lsa, sport bilan shug'ullansangiz ham foydadan xoli bo'lmaydi. Shu bahonada oila tashvishlaridan vaqtincha bo'lsa-da chalg'iysiz. Serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Pullaringizni aql bilan sarflang.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

13 sentyabrda bir soniya ham bo'shashmang. Bu omadga erishish yo'lidagi imkoniyatlaringizni yo'qqa chiqaradi. Faol ishlash jarayonida robot emas, oddiy odamligingizni eslashga sabab topiladi. Bu dam olish va vaqtida ovqatlanishdir. Bugun ayrimlar muhim hujjatlar bilan ishlash uchun ko'p vaqt sarflashadi. Tadbirkorlar uchun hamkorlar bilan kelishuvlar va huquqshunoslardan foydali maslahatlar olish omadli kechadi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun baliq burji ostida tug'ilganlar anchadan beri ko'rishmagan yaqin insonlar bilan uchrashib qolishadi. Ularning maslahatlariga albatta amal qiling. Organizmingiz xohishiga bo'ysuning. Vaqtida rejim asosida va me'yorni bilgan holda ovqatlaning. Madaniy dam olish masalasiga alohida e'tibor qarating. Kunning ikkinchi yarmida ayrim eskirgan mahsulotlar tufayli zaharlanish va allergiya kabi yoqimsiz holatlarni boshdan kechirishingiz xavfi bor. Kechqurun yoqimli xabar eshitasiz.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi