Chilonzor tumanidagi YTH to'g'risidagi xabar

0

Internet tarmog'ida tarqalayotgan xabarga ko'ra, Toshkent shahar IIBB xodimi o'z avtomobilida harakatlanib borgayotganida YTH sodir bo'lgan, uning natijasida jabrlangan piyoda esa hayotdan ko'z yumgan. Ushbu xabar haqiqatdan yiroq ekanligini ma'lum qilamiz.

12 sentyabr kuni taxminan soat 8.00 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko'chasida YPX inspektori kichik serjant B.K. “Lasetti” rusumli xizmat avtomobilida o'z xizmat vazifalarini bajarish davomida, belgilanmagan joydan yo'lni kesib o'tayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada xodim boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetida turgan, 48 yoshli Zafar U.ga tegishli bo'lgan “Lasetti” rusumli avtomobilga to'qnashgan.

YTH natijasida 46 yoshli Zafar A. tan shikastlari bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning holatini qoniqarli deb baholamoqdalar.

Ushbu fakt bo'yicha IIBB xodimiga nisbatan olib borilayotgan xizmat tekshiruvi davomida YTH sababi aniqlanadi.

Hurmatli haydovchi va piyodalar! Yo'l harakati qoidalariga rioya qiling.

Unutmang: sizning harakatlaringiz sababli yo'l harakatining boshqa ishtirokchilari hayoti va sog'lig'iga zarar yetishi mumkin.