Hindistonda erkakni ikki xotini uchinchisiga uylanmoqchiligi tufayli shafqatsizlarcha kaltakladi… (VIDEO)

0

 

Bu ham kulgili, ham ayanchli voqea Hindistonning Tamil-Nadu shtatida sodir bo'ldi. Ma'lumot berishlaricha, 26 yoshli Dinesh ismli erkak ilk bor 2016 yili birdan ikki ayolga uylangan. Uch yil o'tib uchinchi xotinga ham bekitiqcha uylanib olmoqchi bo'lgandi, qovun tushirib qo'ydi. Ikkala xotini bundan xabar topdi-yu, qarindosh-urug'ini boshlab kelib er sho'rlikni rosa savaladi. Savalashni xotinlaridan biri boshlab berdi. Qolganlar davom ettirdi.

Eslatib o'tamiz, Hindistonda ko'pxotinlilik taqiqlangan. Demak, Dinesh janoblari ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.