KALININGRADDA O'ZBEKISTONLIK MUHOJIRNI VAHShIYLARChA O'LDIRIShDI…

0

 

Rossiyaning Kaliningrad shahrida o'zbekistonlik muhojir vahshiylarcha o'ldirib ketilgan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xabariga ko'ra, fojia 12 sentyabr kuni sodir bo'lgan. Politsiya xodimlari qotilni tez fursatda topib qo'lga olishdi. U 24 yoshli mahalliy aholi vakili ekan. U ko'chada o'zbekistonlik erkakni qo'lida mavjud bo'lgan belkurak bilan bir necha marta urib tashlagan. Qaraganki, muhojir o'lim topgan. Jasadini o'sha atrofdagi biohojatxonaga olib kirib yoqib yuborgan. Surishtiruvlar chog'ida u jinoyatga qo'l urishiga muhojirning o'zini tutishi yoqmaganligini bahona qildi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan Rossiya jinoyat majmuasining 105 modda 1 qismi («Qotillik») ga ko'ra jinoiy ish ochilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda.