Sportchining o'ldirishi bo'yicha yangi tafsilotlar: “Janjal qo'shni stoldagi yigitning uzoq vaqt “nedovolnыy” qarashidan boshlangan”

0

Avvalroq saytimizda MMA jangchisi 23 yoshli Muslim Omonov pichoqbozlik natijasida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBBda o'tkazilgan brifingda podpolkovnik Islombek Jahongirov voqea tafsilotlari haqida aytib berdi.

Uning so'zlariga ko'ra 3-4 yigit ishtirokidagi janjal Yunusobod tumanidagi kafelarning birida boshlangan. Bunga sabab qo'shni stolda o'tirgan yigitlarning biri uzoq vaqt norozilik kayfiyatida ular tomonga qarayvergan.

Shundan so'ng janjal ishtirokchilari tungi soat 2:00lar atrofida vaziyatni oydinlashtirish uchun Shayxontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko'chalari kesishmasiga borib to'xtagan. Ular «Spark» va «Matiz» avtomobillarida kelgan. Yigitlar dastlab gap talashishgan va so'ngra bu dahanaki janga aylanib ketgan.

Janjal vaqtida Shayxontohur tumani Qoratosh ko'chasida yashovchi Abdulvoris ismli yigit pichoq bilan Muslimbek Omonovga hujum qilgan va unga bir necha marotaba tiqib olgan.

Jangchi ko'p qon yo'qotish oqibatida birinchi yordam berilishiga qaramay vafot etgan.

Ushbu fakt bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish”) jinoyat ishi qo'zg'atilgan.