Azar rasmiy debyut qildi, «Real» esa qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi (+video)

0

Ispaniya chempionatining 4-turida «Real» o'z maydonida «Levante»ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alabaga erishdi.

«Qirollik klubi» tarkibida Karim Benzema dubl qayd etgan bo'lsa,

Kazemiro ham o'z nomini tabloga yozib qo'ydi.

Mehmonlar tarkibida esa Borxa Mayoral va

Gonsalo Meler javob to'plarini kiritishdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin «Real» hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va ular 2-pog'onaga ko'tarilishdi. «Levante» esa 6 ochko bilan 5-o'ringa tuturibdi. Aytish joizki, joriy yozda madridliklar tarkibiga kelib qo'shilgan belgiyalik vinger Eden Azar klub safidagi ilk rasmiy debyutini o'tkazdi. U 60 daqiqada Kazemironing o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.

«Real Madrid» – «Levante» 3:2 (3:0, 0:2)

«Santyago Bernabeu» stadioni.

Gollar: 1:0 – 25 Benzema, 2:0 – 31 Benzema, 3:0 – 40 Kazemiro, 3:1 – 49 Mayoral, 3:2 – 75 Melero.

«Real Madrid» – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Vaskes, Kazemiro (Azar, 60), Kroos, Xames, Vinisius Junior, Benzema (Yovich, 83).

«Levante» – Fernandes, Duarte (Melero, 68), Vezu, Klerk, Miramon, Rochina (Roxer Marti, 68), Kampanya, Vukchevich (Bardi, 56), Postigo, Mayoral, Morales.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (28), Vaskes (40), Vezu (80), Klerk (90).