Belorusda ikki yoshli qizaloq o'zi bilmagan holda onasini bo'g'ib o'ldirdi…

0

 

Bu voqea shu yil 7 sentyabr kuni Belorusning Brest viloyatida sodir bo'ldi. 20 yoshli ismi-sharifi ma'lum qilinmagan ayol Staroe Selo qishlog'idagi qarindoshinikiga mehmon bo'lib borgandi. Mashinadan tushdi-da, qizalog'ini mashinaning orqa oynasidan chiqarib olmoqchi bo'ldi. Eshikni ochib chiqarib olsa ham bo'lardi. Negadir oyna orqali olishni ma'qul ko'rdi. Shunda qizaloq o'zi bilmagan holda oyna yopadigan tugmachani bosib yubordi va ayolning bo'yni qisilib qoldi. Bu manzarani birinchi bo'lib ichkaridan chiqib kelgan eri ko'rib qoldi. Darrov kelib avtomobil eshigini ochdi va allaqachon hushidan ketib ulgurgan xotinini qutqarib oldi. Ayolni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishdi va jonlantirish bo'limiga yotqizishdi. Afsuski, u kasalxonada olamdan o'tdi.