Qozog'istonda tadbirkorlardan qo'rqitib pul undirib kelgan mafiya yo'q qilindi…

0

 

Qozog'istonning Nur-Sulton shahridagi milliy xavfsizlik qo'mitasi boshqarmasi xodimlari tadbirkorlarni qo'rqitib katta miqdorda pul undirish bilan shug'ullanib kelgan uyushgan jinoiy guruh a'zolarini qo'lga oldi. Ular shu kunga qadar tadbirkorlarni o'ldirish yoki uyiga o't qo'yish, salomatligiga jiddiy putur yetkazish kabi qo'rqitish va po'pisalar bilan avval go'yo qarzga botirgan va keyin shu qarz to'lab qo'yilishini talab qilgan. Jinoyatchilar navbatdagi tadbirkordan «qarzi» evaziga «Toyota» avtomobilini tortib olayotgan mahal qo'lga olindi.

Qo'lga olish chog'ida jinoiy guruh a'zolarining yonidan 11 ta patroni bilan «Makarov» to'pponchasi, 5 ta patroni bilan travmatik to'pponcha topildi.

Ayni paytda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari boshlangan.

loading...