Onangizni sog'inib uyga borasiz, kimlardir esa qabristonga…

0

Onangizni sog'insangiz uyga borasizmi, kimlardir esa qabristonga…
Onangiz gilamga o'tirganlarini ko'rsangiz, yugurib borib qo'sha-qo'sha to'shak solasiz, ammo onasi tuproqda yotganini bilib, bitta to'shak sololmaydiganlar bor….
Biror xato qilib ranjitib qo'ysangiz, bitta quchoqlab “kechiring” desangiz volidangiz hamma gunohingizni kechirib yuboradi, ammo shunday farzandlar borki, endi ular hech qachon volidalarining bo'ynidan quchib “kechiring” deya olishmaydi…..
Uyda yurasizmi, ko'chadami, balolardan asraguvchi bitta qalqoningiz, ya'ni onangizning duosi har doim siz bilan, ammo onasining duosidan bebahra qolganlar qancha birodar….
Uyga kech kirib borsangiz ham, yo'lingizga intizor bo'lib, ovqatingizni qayta-qayta isitib kutadigan onangiz bormilar, shukr qiling ko'chadan kech qaytsa, devordan sakrab xovliga kiradigan, oshxonaga kirib bo'sh qozonni ko'radiganlar qancha…..

Qanchalik baxtli ekaningizni his qildingizmi, shu baxtingizni ehtiyot qiling!