Soliha ayol

0

Er xotin orasida janjal chiqgach, xotin yig'lab o'tirar edi. Shu payt eshik taqillab qoldi. Borib qarasa, xotinning uyidagilar uning ziyoratiga kelishgan ekan. Qarashsa, farzandlari ko'zida yosh. Sababini so'rashgan edi, ayol: «Tasavvur qilinglar, sizlarni eslab o'tirib, ko'zimga yosh keldi. Qani edi sizlarni ko'rsam, deb o'ylab turgan edim. Allohga hamd bo'lsin, mana sizlarni ko'rishga musharraf bo'ldim»,- dedi. Er xotinining ushbu so'zlarini eshitib, xotiniga nisbatan mehri oshdi va er xotinlik sirlarini saqlagani uchun undan mamnun bo'ldi.

Haqiqiy soliha ayol mana shunday bo'ladi.
Qizlarimiz mana shunday oila sirlarini saqlaydigan va barcha yaxshiliklarga muvofiq qilishini Allohdan so'rab qolamiz.