«Zirapcha» ko'rsatuvida qizlardan biri Rayhon Ulasenovaga qo'l ko'tarmoqchi bo'ldi!

0

Rostdan ham «Zirapcha» ko'rsatuvida ishtirokchi qizlardan biri Rayhon Ulasenovani sal qolsa urib yuborardi. O'zi nozikkina qiz, biroq nag'malari olamni buzadi-ya. Bu jaydari qiz faqat shu bilan cheklanmadi. U ko'rsatuv ijodkorlarini shantaj qilishga qadar bordi. «Ha, men pul bermaganmanda-a, shuning uchun yetimchani xo'rlayverasizlar!»

Ha, bu gal «Zirapcha» ko'rsatuvi ancha og'ir qizlarni yiqqan ko'rinadi. Ularni odam qilguncha boshqalar odamgarchilikdan chiqib qolishmasa yaxshiydi.

Meni quvontirgani, Rayhon Ulasenovaga o'dag'aylagan qizga yana bir imkoniyat berishgani bo'ldi. Chunki unda allaqanday ruhiy xastalik borligi yaqqol ko'rinib turgandi. O'ylaymanki, ko'rsatuv uni davolab, ancha silliqlaydi.