400 kishining joniga qasd qilgan qiz!

0

AQSh politsiyasi ommaviy qotillikni rejalashtirishda gumon qilinayotgan 18 yoshli qizni hibsga oldi. Aleksis Uilson ismli ushbu qiz uzoq muddat yaqin munosabatda bo'lib kelgan yigiti bilan ajralishgach, unga 400 kishini o'ldirishi mumkinligini aytib tahdid qilgan. O'z vaqtida bundan xabar topgan politsiya xodimlari qizning uyida tintuv o'tkazishgan va avtomat va o'qlarni topishgan. Surishtiruvlar natijasida qiz ularni yaqinda sotib olganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning kompyuteridan quroldan qanday foydalanishga doir video qo'llanmalar ham topilgan.