Donald Tramp “Al-Qoida“ terrorchilik guruhi asoschisining o'g'li o'ldirilganini tasdiqladi

0

AQSh prezidenti Donald Tramp “Al-Qoida“ terrorchilik guruhi asoschisi Usama bin Ladenning o'g'li va vorisi Hamza bin Ladenning amerikalik harbiylar o'tkazgan amaliyot chog'ida o'ldirilganini tasdiqladi.

Amaliyot qachon va aynan qaerda o'tkazilgani to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas. O'z bayonotida Donald Tramp amaliyot Afg'on-Pokiston hududida bo'lib o'tganini bildirgan.

Bundan avvalroq AQSh Hamza to'g'risida yetkazilgan ma'lumot uchun 1 million dollar mukofot va'da qilgan edi.

Hamza bin Ladenning o'ldirilgani to'g'risidagi xabarlar matbuot tomonidan shu yilning yozida tarqatilgandi. Biroq shu paytga qadar na prezident Tramp, boshqa yuqori martabali rasmiylar buni tasdiqlamagandi.

Hamza bin Laden 2015 yilda AQSh va boshqa davlatlarga qarshi hujum qilishga da'vat etilgan videomurojaat tarqatgan edi. O'sha paytda uning yoshi 30 atrofida bo'lganiga ishoniladi.

Xalq so’zi