Go'sht o'rnini bosuvchi mahsulotlarda o'lim xavfi mavjudligi ma'lum qilindi

0

Avstraliyalik tadqiqotchilar go'sht o'rnini bosadigan mahsulotlar tarkibidagi tuz tufayli xavfli bo'lishi mumkinligini aniqladilar. Bundan tashqari, bunday mahsulotlarda yog'lar va shakar mavjud.

Mutaxassislar go'sht o'rnini bosuvchi 560 mahsulotni tahlil qildilar. Ularning fikriga ko'ra, ishlab chiqarish jarayonida go'sht o'rnini bosadigan mahsulotlar qayta ishlanadi. Natijada ular tarkibida ko'p miqdordagi tuz mavjud bo'lib, bu hayot uchun xavfli bo'lgan gipertenziya va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Go'shtning yog'li qismi, kolbasa, gamburger, shuningdek, vegetarian piroglarida kunlik tuz normasining yarmiga yaqin miqdori bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, avstraliyaliklar tanadagi ehtiyojdan uch baravar ko'proq natriy xlorid iste'mol qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shunday qilib, tarkibida eng ko'p tuz miqdori bo'lgan mahsulotlar – go'shtning yog'li qismi (100 gramm mahsulotga ikki gramm tuz), undan keyin vegetariancha falafel va kolbasa.