Oyijon, dadajon, mana men yo'qman, endi urishmanglar!

0

Er-xotin janjallasha boshlashdi va yarim soatning ichida janjal katta bo'lib ketdi.
Ayol:
-Ketdim, bu uyda ortiq yashamayman. Siz bilan bu uyni endi yelkamni chuquri ko'rsin.
Er:
-Bor ket, lekin bolaniyam o'zing bilan olib ketasan.
Ayol:
-Men onamni uyidan bola bilan kelmaganman, qizingz o'zingizda qoladi.
Er:
-Boshimni og'ritmada olib ket. Menga uning keragi yo'q.
Jajji 4 yashar qizaloq bu gaplarni chetda yig'lagancha eshitib turardi va to'satdan bog'cha opasining «Qaniydi sendek qizim bo'lsa»,  degan gapi esiga tushib qoldi. Uning bog'cha opasi Soliha degan ayol edi. U turmush o'rtog'i bilan 5 yildan buyon farzand kutardi lekin…….
Qiz kurtka, oyoq kiyimini kiyib onasi olib boradigan bog'cha tomon yura boshladi. Uning uydan chiqib ketganini oyisi ham, dadasi ham sezishmadi. Chunki ular haliyam urushish bilan ovora edi.

Qizcha yo'l- yulakay o'ziga yig'lagancha shu so'zlarni aytardi » Bo'ldi endi uyga bormayman bog'cha opam bilan yashayman. Faqat oyijon dadajon sizlar urushmasangiz bo'ldi» u o'zini xech kimga kerakmasligini anglayotgandi. U shu o'ylar bilan mashinaga qaramasdan yo'ldan o'ta boshladi va tezlik bilan kelayotgan oq neksiya uni urib yubordi. Qizcha qonga bo'yalgan, asfaltda yotardi.
-Mana men yo'qman endi urushmanglar, xo'pmi?
Bu qizchaning so'nggi so'zi bo'ldi.
Atrof to'la odam xech kim nima bo'lganini tushunmaydi, to'satdan ishga ketayotgan Soliha nima bo'layotganini ko'rmoqchi bo'lib odamlar orasiga kirdi va xayqirdi
-Qizalog'im…

loading...