«Umrimning eng yaxshi damlarini jufti halolimdan boshqa bir ayol bilan o'tkazdim…»

2

Ma'ruza payti masjid imomi dedi:

– Umrimning eng yaxshi damlari jufti halolimdan boshqa bir ayol bilan birga o'tdi.

Odamlar bu so'zni eshitib seskanib ketishdi va dahshatga tushishdi. Imom esa ta'sirchan ovoz bilan, xotirjam holda:
– Ha! Darhaqiqat umrimning eng yaxshi damlari onam bilan o'tkazgan kunlarimdir, – deb so'zini tugatdi.

Masjiddagilar bu so'zni eshitib xursand bo'lishdi, hatto ba'zilarining ko'zlari yoshlandi. Suhbatda qatnashganlardan biri ma'ruzadan ta'sirlangan holda uyiga kirib keldi. Nimagadir ona haqidagi o'sha so'zlarni takrorlagisi kelib ketdi. Kechki taom tayyorlayotgan xotiniga qarab dedi:
– Umrimning eng go'zal qismi jufti halolimdan boshqa bir ayol bilan o'tdi…

Kasalxona bosh vrachi bemorning yaqinlariga:
– Amaliyot muvaffaqiyatli o'tdi. Temir laganni bosh qismdan ajratishga ko'p vaqt ketdi. Xudo hoxlasa tuzalib ketadi, – dedi-yu, o'tib ketdi.

U bechora «onamjonim bilan birga o'tkazgan damlarim» deb aytishga ulgurolmay qolgan edi…

2 FIKRLAR

Comments are closed.