Boks bo'yicha JCh. Zoirov yarim finalga yo'l oldi, biroz oldin esa Mirzahalilov ringga ko'tarildi

0

Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionatining o'ninchi kun bellashuvlariga start berildi.

Chorak final bosqichini O'zbekiston terma jamoasidan Shahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniel Asenovga qarshi bahs bilan boshlab berdi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv yakuni bo'yicha Shahobiddin Zoirov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Shu tariqa, Zoirov o'zi uchun jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo'ydi. U finalga chiqish uchun fransiyalik Billol Bennama bilan to'qnash keladi.

Biroz oldin esa -57 kg vaznda qatnashayotgan Miraziz Mirzahalilov 1/4 final bosqichda qozog'istonlik Qayrat Yeraliyevga qarshi to'qnash keldi va raqibini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Shuningdek, bugun Bobousmon Baturov (-69 kg), Dilshod Ro'zmetov (-81) hamda Bahodir Jalolov (+91) ham chorak final jangini o'tkazadi.