Hindistonlik erkakning boshida shox o'sib chiqdi…

0

 

Hindistonning Sagar shahrida yashovchi 74 yoshli Shyam Lal Yadavning boshida haqiqiy shox o'sib chiqdi. Shu kunlargacha shoxning uzunligi 10, 2 santimetrga yetgandi. Yaqinda vrachlar shoxni olib tashlashdi. Otaxon fermerlik bilan shug'ullanarkan. Besh yil oldin boshidan noma'lum sabablarga ko'ra jiddiy jarohat olibdi. Oldiniga boshida jarohat tufayli shish paydo bo'libdi. E'tibor bermabdi. Keyinchalik ne ko'z bilan ko'rsinki, shish o'rnida shox o'sib chiqa boshlabdi. Shoxni o'zi mustaqil kesib tashlamoqchi bo'libdi. Ammo uddasidan chiqa olmabdi. Oxiri vrachlarga murojaat etishga majbur bo'libdi. Neyrojarrohlar shoxni olib tashlashdi.

Vrachlarning aytishicha, shox yana qaytadan o'sib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Bu tibbiyotda kam uchraydigan xastalik bo'lib, quyosh nuri ta'sirida bosh chanoq tepa qismida shox o'sib chiqadi.