«Million»chi Alisher radarga tushib, 2 000 000 so'm jarima to'ladi! (+Video)

0

«Million» jamoasining a'zosi Alisher Botirov radarlar nigohiga tushib, 2 000 000 so'm jarima to'labdi. Bu haqda u o'zining instagram sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Hajvchi shu bilan birga bir vaqtlar sahnada YPX xodimi obrazida gavdalanganini ham eslab o'tgan.

Eslatib o'tamiz, Alisher Botirov intervyularining birida shu kunga qadar YPX xodimlari tuzog'iga tushmay kelayotgani bilan maqtangandi.