Mobil qurilmalarni ro'yxatga olish tartibi belgilandi

0

Hukumat qarori (778-son, 17.09.2019 y.) bilan O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro'yxatga olish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

✅ Qarorga muvofiq, mobil qurilmalar:

???? 2019 yil 1 noyabrgacha – ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;

???? 2019 yil 1 noyabrdan – jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o'ziga xos identifikatsiya kodlari bo'yicha ro'yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul, 2019 yil 1 dekabrdan esa pulli asosda ro'yxatga olinadi.

Nizomga ko'ra, mobil qurilmalarni ro'yxatga olish Tizim operatori yoki Tizim ro'yxatga oluvchisiga murojaat bo'yicha amalga oshiriladi.

Avval ro'yxatga olingan mobil qurilmalar qayta ro'yxatga olinmaydi.